Lolazor Podcast

#25 QAYSI VAZIRLIKLARNI YOPISH KERAK? — Lolazor podcast

Episode Summary

Ushbu sonda biz ta’limdagi muammolar, rektorlarni saylashda chet el tajribalari, xususiy universitetlar, qaysi vazirliklar bizga kerak emasligi, JST’ga a‘zolikning foyda-zararlari, yo‘llardagi halokatlar va yo’l harakati xavfsizligi muammolari, Prezidentga yozilgan maktub hamda jamiyatimizda nima uchun tashqi ko’rinishga qarab muomala qilinishi kabi mavzular haqida suhbatlashdik. Mehmonimiz — Nyu York universiteti professori, iqtisodchi Behzod Hoshimov.

Episode Notes

00:00 Tizer

00:47 Reklama

01:50 Intro

02:21 Behzod Hoshimov bugungi mehmonimiz

05:56 Nyu-York universiteti haqida

08:25 Abadiy shartnomalar qanday olinadi?  

17:09 Ko‘p mamlakatlarda ta’lim mustaqilligi fundamental tushunchalardan biri

20:44 “Rektorlarni saylashga hali tayyor emasmiz”

26:01 Xususiy universitetlar kichkina binoda bo‘lsa ham ochilishi kerak

38:15 Davlat namunasida diplom berilmasligi kerak

45:14 Qaysi vazirliklar bizga kerak emas?

54:47 Bojlarning salbiy ta’siri manfaat ko‘radigan korxonaning foydasidan ko‘ra ko‘proq bo‘ladi

1:04:21 JST’ga a’zolikdan nima yutamiz-u, nima yutqazamiz?

1:13:43 Haydovchi bo‘lish ham, piyoda bo‘lish ham xavfli

1:17:59 Toshkentdagi ko‘p avariyalarning sababi o‘ylanmagan infratuzilma

1:22:28 Svetoforlar haqida

1:28:38 Vakolat va mas’uliyatlarni to‘g‘ri belgilashimiz lozim

1:34:03 “Hozir ham mumkin, faqat endi pullik”

1:40:35 “Sizning aybdorligingizni GAI xodimi sudga borib isbotlab berishi kerak”

1:43:15 O‘zbekistondagi oxirgi 5 yillikni qanday tahlil qilasiz?  

1:48:33 Qaysi 3 ta to‘siqni olib tashlasa, rivojlanishda o‘zgarish bo‘ladi?

2:00:13 “Prezidentga xat yozdim”

2:03:24 Singapurdagi soat voqeasi

2:08:48 Insonni tashqi ko‘rinishiga qarab baho berish — xato

2:16:32 Yaqin 5-10 yillik rejalar

2:20:40 Ko‘rishguncha xayr