Lolazor Podcast

#26 HOKIMIYAT SHAYTONIY XUSUSIYATGA EGA — Lolazor podcast

Episode Summary

Ushbu sonda biz siyosatshunoslik fani haqida, respublika va despotik davlatlarning farqi, hokimiyatning shaytoniy xususiyatga egaligi, saylov huquqi berilmagan erkinlikning xavfi, Amerikadagi saylovlar, siyosiy institutlarning qanchalik muhimligi, mustaqil va xolis sud tizimini yaratish, liberalizm, parlamentarizm, huquqshunoslik fanidan tushgan test sinovlari bilan bog‘liq muammolar, tarjima qilinayotgan kitoblar va yana ko‘plab mavzularda suhbat qurdik. Mehmonimiz — siyosatshunos, “Fikrat” tahlilchisi Hamid Sodiq.

Episode Notes

00:00 Tizer

01:22 Reklama

02:26 Tizer

02:55 Mehmonimiz — siyosatshunos Hamid Sodiq

04:02 Avval bizda politologiya degan fan bo‘lmagan

12:22 Despotiya nima?  

15:52 Erkinlik — bu xavf

19:30 Saylovlar haqida  

29:22 Nega “Lolazor”ni tomosha qilish kerak?

33:08 Islohotlarda institutlar juda ham muhim

40:28 Mustaqil va xolis sud tizimini yaratish qiyin ishmi?

49:49 Har qanday kichik imkoniyatdan foydalanish kerak

54:20 Har qanday hokimiyat va hokimiyat bilan bog‘liq jarayonlarning muhim bir qismi — konflikt

56:08 Huquqshunoslik fanidan tushgan test sinovlari bilan bog‘liq voqealar

59:22 “Geosiyosat mening kuchli tarafim emas”

1:09:54 Liberalizmning ham yetarlicha muammolari bor

1:12:32 Partiyalarning qutblari

1:14:05 Parlamentarizm kimlar hisobiga shakllanishi kerak?  

1:25:36 Avval siyosat, keyin iqtisod

1:29:35 Korrupsiyaga qarshi kurashish  

1:31:52 Sayohat odamlarni siyosiylashtiradi

1:36:08 Siyosatshunos bo‘lmoqchi bo‘lgan yoshlar nimalarga e’tibor berishi kerak?

1:39:02 “Bunkerlar avlodi o‘ziga xos avlodni tarbiyalayapti”, desak bo‘ladi

1:43:48 Davlat asosiy ish beruvchi bo‘lmasligi kerak

1:45:25 Siyosatshunoslik haqida tushunchalarga ega bo‘lish uchun qanday adabiyotlarni o‘qish kerak?

1:47:52 Hamid Sodiqning hozirgi kundagi qilayotgan tarjimalari

1:49:31 Biz ushun yagona g‘oya bo‘lishi kerakmi?  

1:59:25 Bizda hozir suhbatlashishdan boshqa narsa yo‘q