Lolazor Podcast

#28 TRAMP YOKI HARRIS? 3-MAVSUM BOSHLANMOQDA — Lolazor podcast

Episode Summary

Orada bir oylik tanaffus qilgan “Lolazor” 3-mavsumni boshlab oldi. To‘g‘risi, sizlarni sog‘ingan edik. Ushbu sonda biz Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilarimiz, “Qorasuv” va “Uchqo‘rg‘on” posti, Boysundagi vaziyat, inflyatsiya, AES qurish kerak yo kerak emasligi, Amerikadagi saylovlar, sudlar hamda kelayotgan paxta mavsumi kabi mavzularda suhbatlashdik.

Episode Notes

00:00 Tizer

00:57 Intro

01:28 “Lolazor”ning 3-mavsumi boshlandi

02:07 Irlandiya haqida

08:25 Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari haqida  

11:33 Asila Mirzayorovaning matonati

13:58 Birinchi marta bayram kunlari “svet” o‘chmadi

15:47 Propogandada yumshoq va do‘stona pozitsiyalarni rag‘batlantirish kerak

23:10 “Qorasuv” va “Uchqo‘rg‘on” posti haqida

28:08 Yevropa Ittifoqi modelini Markaziy Osiyoda ko‘rish qay darajada reallik?

39:33 Boysundagi voqealar

48:51 “Inflyatsiya meni tashvishga solyapti”

56:24 AES uchun referendum o‘tkazilishi kerakmi?

1:06:20 Tramp yoki Harris?

1:10:39 Sudlar tizimi haqida

1:21:07 Ochiq sud majlislari nima uchun kerak?

1:27:26 Paxta mavsumi boshlanmoqda