Lolazor Podcast

#29 KORRUPSIONER RAHBARLARGA SIYOSIY JAVOBGARLIK BO‘LISHI KERAK — Lolazor podcast

Episode Summary

Ushbu sonda biz korrupsiya mavzusiga chuqurroq nazar soldik. Suhbat davomida davlat amaldorlarining aktivlari, mol-mulklarini deklaratsiyalash bilan bog‘liq qonunchilik hujjati, o‘zi umuman deklaratsiyalashdan maqsad nima ekanligi, korrupsiyada jamoatchilik nazoratini o‘rni, elitar korrupsiya, pora olish va pora berishning bir xil jinoyat ekanligi, yopiq qarorlardagi korrupsiyaviy holatlar va yana ko‘plab mavzular ko‘tarildi. Mehmonimiz — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov.

Episode Notes

00:00 Tizer

01:41 Reklama

01:52 Intro

02:22 Bugungi mehmonimiz — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov

03:17 MDH davlatilari ichida O‘zbekiston korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng samarali natija ko‘rsatmoqda

06:17 Davlat amaldorlarining aktivlarini, mulklarini deklaratsiyalash bilan bog‘liq qonunchilik hujjatini hamon qabul qilmadik

11:19 Tashabbus ko‘rsatish paytida odam tajribani o‘zidan boshlashiga nima xalaqit beradi?

14:34 Jamoatchilik nazorati kerak

15:54 Deklaratsiyalashdan maqsad nima?

23:33 Amaldorlar tomonidan ushbu qonun loyihasiga aralashuvlar bo‘lganmi?

27:20 Eng birinchi o‘zgarish Oliy ta’limdan boshlangan edi

32:30 Korrupsiyani ildizi bilan ko‘proq kurashish kerak

38:18 Yopiq qarorlar mavzusi

48:40 Elitar korrupsiya qaysi sohalarda ko‘rinish beradi?

1:01:43 Pora olish va pora berish birdek jinoyat deb hisoblanishi kerak

1:11:58 Siyosiy javobgarlik nima?

1:19:28 Subsidiya haqida

1:21:13 Davlatning iqtisodga aralashuvi

1:29:39 Lavozimni yo‘qotishdan qo‘rqmayman

1:32:04 Soha doirasidagi eng og‘riqli 3 ta holat

1:34:44 Yaxshi xabarlar  

1:37:57 Keyingi sonlarda ko‘rishguncha