Bugungi sonda biz Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bilan bolalar ombudsmanining vazifalari, so‘nggi paytlarda bolalar bilan bilan sodir bo‘layotgan ayrim voqealar, bolalarni majburiy mehnatga jalb qilinishi, ota-onalik huquqidan qanday paytlarda mahrum qilinishi, oilaviy bolalar uylari, vasiylik va homiylik organi, bolalarni ekspluatatsiya qilish va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashdik.
00:00 Tizer
00:57 Intro
01:28 Mehmonimiz — Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova
02:06 Bolalar ombudsmanining vazifalari qanday?
08:24 Jazoni natijasi bilan shug‘ullanmaysizlarmi?
11:36 Jamoa qanchalik katta?
12:17 OAVni kuzatib borasizlarmi?
16:01 Ayrim voqealar maishiy bo‘lsa-da, uni siyosiylashtirishga urinishadi
18:48 188-maktabda mudir ishtirokidagi hodisa
22:01 O‘zimizning muammolarimizni o‘zimiz hal etolmaymizmi?
29:16 Bolalarni majburiy mehnatga jalb qilish
36:38 Bolalarga nisbatan zo‘ravonliklar
41:17 Bolalarning o‘zi murojaat qiladi
44:28 So‘nggi 2 yilda ikki mingdan ortiq insonlar ota-onalik huquqidan mahrum etilgan
53:34 Oilaviy bolalar uylari
56:57 Xorazmdagi fojiadan qanday xulosa qilindi?
1:03:04 Bolalar ombudsmanida bolalarga nisbatan sodir etilgan jinoyatlar yuzasidan chiqarilgan sud hukmlariga norozilik bildirish bo‘yicha huquq bormi?
1:08:10 Maktablarga jalb qilingan milliy gvardiya xodimlari
1:14:46 Vasiylik va homiylik organi
1:23:10 Bolalar uchun umuman pul ayamasligimiz kerak
1:24:26 Qachon biz haqiqatan ham bolajon xalqqa aylanamiz?
1:34:50 “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun ma’qullandi
1:38:45 Bolalarni ekspluatatsiya qilish haqida
1:45:16 Yaxshi xabarlar