Lolazor Podcast

#36 NARKOTIK MODDALARGA RUXSAT BERISH REJADA BORMI? — Lolazor podcast

Episode Summary

“Lolazor”ning bu galgi sonida Prezident Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov bilan suhbat qurdik. Podkast davomida giyohvand moddalarning zararlari, narkotik moddalar O‘zbekistonga qanday kirib kelishi, “yonayotgan” hududlar, anonim davolash xizmati, o‘rindosh terapiyaning samarasizligi, maktablarda bu ofatning zarari yetarlicha targ‘ib qilinishi kerakligi kabi mavzularda gaplashdik.

Episode Notes

00:00 Tizer  

00:54 Reklama  

01:29 Intro  

02:00 “Lolazor”ning navbatdagi mehmoni O'zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi bo‘lim boshlig‘i Shuhrat G‘ulomov.  

04:05 24 yoshli talaba narkotik moddalarni internet orqali tarqatishga qo‘l urgan  

05:29 Bizda vaziyat qay darajada?  

06:15 Giyohvandlik vositalari bir necha turga bo‘linadi  

09:38 Giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchilar oldida 3 ta yo‘l qoladi  

11:55 “Ota, sizning qilgan aybingiz sabab men temir kolyaskaga mixlandim”

13:23 Narkotik moddalar O‘zbekistonga qanday kirib keladi?  

17:22 Jami narkotik moddalar ichida O‘zbekistonda yetishtirilish ulushi qancha?  

19:24 “Urushni moliyalashtirish bilan bog‘liq masalaga ham borib taqaladi”

22:14 Chuy, Talas vodiysi, O‘sh—Xorug‘ transport yo‘li edi. U yerdagi ta’sir hozir qanaqa?  

25:35 Qirg‘izistonda kriminal guruhlar o‘zini mamlakat xo‘jayinidek tutib kelgan  

26:37 Bizda 3 ta “yonayotgan“ hudud bor  

32:42 Bizda anonim davolash xizmati bor  

34:13 Davosi bormi?  

37:52 O‘rindosh terapiya o‘zini oqlamadi  

46:45 Yengil narkotiklarni legalizatsiya qilish  

50:31 O'zbekiston Respublikasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi haqida  

55:45 Sotuv metodlari kengayib ketgan  

1:00:35 Maktablardagi holat

1:03:22 “Nega oxirigacha tugatilmayapti?”

1:08:58 Statistikani kuzatib borishga imkon bormi?  

1:11:02 Ularning konsentratsiyalashgan manzili qayer?  

1:14:15 Birlamchi uy sharoitida qanday aniqlash mumkin?  

1:16:57 Narkolog terapevtning xonasida tekshiruv o‘tkazsin  

1:22:32 Giyohvand moddalarning zararlari borasida targ‘ibotlar yetarlicha bo‘lishi kerak