Lolazor Podcast

#37 KANADA MAKTABLARIDA BOLALARGA JINSIY TA’LIM O‘QITILADIMI? — Lolazor podcast

Episode Summary

“Lolazor”ning 37-soni mehmoni Kanadada yashaydigan Farhod Fayzullayev bo‘ldi. Farhod aka bilan Kanadadagi mahalliy saylovlar, ta’lim va tibbiyot tizimi, uy-joy narxlari, soliqlar, u yerdagi o‘zbek diasporasi suhbat qurdik. Shuningdek, podkast davomida O‘zbekistondagi o‘zgarishlar, taksi va yetkazib berish xizmatlari, Yandex bilan bog‘liq muammolar haqida ham so‘z bordi.

Episode Notes

00:00 Tizer

01:08 Intro

01:38 Bugungi mehmonimiz — Farhod Fayzullayev

04:51 Yangi velosiped yaratish shartmas, ko‘chirish mumkin-ku

07:38 Kanadadagi mahalliy saylovlar

12:22 Siyosiy faollikka nima undadi?

16:38 Nega aynan Kanada?

21:28 Sizlarga urushning ta’siri yo‘qmi?

22:22 Kanadada migratsiyaga munosabat qanaqa?

32:58 Kanadada o‘zbeklar diasporasi

37:29 Kanadadagi ta’lim tizimi

45:53 Ta’lim va tibbiyot har doim saylovda old muhokamalarda bo‘ladi

49:01 Hukumat hali kerak bo‘lmagan maktablarni qurgan

52:58 Kanadada energetika qanaqa ishlaydi?

1:01:00 Kommunal to‘lovlar o‘ylantiradimi?  

1:02:53 Xorijda yashayotgan o‘zbek sifatida farzand tarbiyasi o‘ylantiradimi?

1:13:08 Uy-joy narxlari keskin oshib ketgan

1:19:00 Uylarning ijara bozori qanaqa?

1:21:38 Sud bilan bog‘liq voqea

1:28:50 Jarimalar haqida

1:31:44 O‘zbekistonda nima o‘zgarishlar sezdingiz?

1:34:20 Kanadada mashina qimmat

1:35:10 O‘zbekistonda taksilar, yetkazib berish xizmatlari arzon ekan

1:38:08 Avvallari Matiz uchun 5 yil ishlanardi  

1:42:03 Kanadadagi tibbiyot tizimi

1:45:45 Soliqlar haqida

1:48:52 Aksariyat muammolarni allaqachon hal qilish mumkin edi

1:50:39 Farg‘onada chiqadigan gazetalarning so‘nggi sonlarida nima gaplar?

1:54:54 “O‘zbekistonda gaz qazib olinishi oshirilmoqda”

1:56:51 Navigatsiya bo‘yicha Google funksiyalari o‘chirib qo‘yilgan