Lolazor Podcast

#4 Metanga navbatlar qachon yoʻqoladi?

Episode Summary

Avvalo ovoz bilan bogʻliq texnik muammolar sabab oldindan uzr soʻraymiz. Ushbu sonda sogʻliqni saqlash tizimiga urgʻu qaratib, shifoxonalardagi mavjud holat, mavsumiy kasalliklarga qarshi tayyorgarlik, benzin va metan zapravkalar, elektr energiyasi bilan bogʻliq muammolar hamda fermer va klaster munosabatlari bozor qonun-qoidalari asosida qurilishi boʻyicha qabul qilingan hujjat xususida suhbatlashdik. Shuningdek, bu galgi podkastimizda mehmon ham bor.

Episode Notes

00:00 Tizer

00:43 Boshladik!

00:56 Qiziq izohlar

05:34 Bu safar mehmon bor!

07:49 Diyor Imomxoʻjayev yarim anomal sovuqni qanday oʻtkazdi?

09:57 Shifoxonalardagi bugungi holat

12:53 “Meni eng koʻp afsuslantiradigan narsa – mavzudan mavzuga sakrash ketish”

19:09 MTRK yoʻl harakati xavfsizligi va sogʻliqni saqlash masalasida targʻibotlar qilishi kerak

20:53 Bemorlarni qabul qilmay, boshqa shifoxonaga yuborish tartibi qanday?

28:16 Noqonuniy dori savdosi

32:12 “Bolajon TV”da ham dori reklamasi

34:40 Shvetsiyadagi holat

36:10 Poliklinikada fuqarolarning maʼlumotlari elektronlashganmi?

41:55 “Dok-1 Maks” va yoddan zaharlanish keysi

45:24 Metan zapravkalardagi navbatlar qachon yoʻqoladi?

47:38 “Gaz muammosi yaqin istiqbolda yechilmaydi”

54:58 AI-80 benzini – ekologiya gʻirt zarar benzin

56:46 Qozogʻiston benzin va metanni oʻrnini qanday toʻldiryapti?

01:00:33 Alisher Qodirovning avtomobildan foydalanish qimmat boʻlishi haqidagi fikri boʻyicha

01:07:01 Transport kommunikatsiyasi

01:09:42 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti vaqtida avtomobillar harakatlari

01:12:24 26-dekabrda “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari yopilganiga 4 oy boʻladi

01:16:44 “Davr hafta ichida” nostalgiyasi: Oʻzbekiston MDHda eng zoʻri!

01:19:21 Soliq kodeksining 227-1-moddasi haqida

01:23:30 Yaxshi yangilik: paxta xomashyosini yetkazish shartnomalari birja orqali tuziladi

01:26:09 Oʻyin vaqti!

01:41:37 Taksidagi holat

01:43:07 “Sizni tanib qolib yaxshilik qilgan”

01:44:46 Portalga kelgan qiziqarli murojaatlar