Lolazor Podcast

#5 Biz Rossiyadan qoʻrqamizmi? — Lolazor podcast

Episode Summary

Ushbu sonda siyosiy mavzular – Zaxar Prilepinning fikri va unga Tashqi ishlar vazirligimiz bayonoti, shuningdek, armiya hamda davlat mudofaasi, axborot makonidagi holat, davlat budjeti va boshqa mavzular haqida suhbat qurdik. Bu galgi mehmon — deputat Doniyor Gʻaniyev.

Episode Notes

00:00 Tizer

00:50 Boshladik!

01:23 Zaxar Prilepinning ahmoqoni fikri yuzasidan muhokama

05:06 “Tashqi ishlar vazirligi juda yumshoq bayonot berdi”

09:47 Ukrainaga bosqindan maqsad nima edi?

11:38 Tashqi siyosat masalasida qoʻrquv yoki mavhumlik bor

13:25 “Rossiya siyosatiga xayrixohlar jim turdi”

17:07 Ehtimoliy tahdidlarni kamaytirish uchun vazifalar belgilab olinishi kerak

19:45 Elektron taqiqlar

22:20 Yevropa va Amerika bizni qanday koʻradi?

23:09 “Yevroparlament, AQSH Kongressida rossiyaparastlar bor”

24:21 Armiyaga ajratilgan pul haqida

27:40 “Jeneva konvensiyasiga hech kim, hech qachon amal qilmagan”

28:30 Axborot makonidagi holat

30:10 Armiyamiz yildan yilga professionallashyapti

31:20 Laziz Hamidovning Rossiya masalasidagi fikri

34:00 Gʻarb Rossiyadan voz kechdi. Endi unga doʻst kerak

36:30 Zaxarning aytganlari shaxsiy fikr emas

37:40 “Prilepinga jinoyat ishi qoʻzgʻatish kerak edi”

42:10 Rossiya televideniyesining Oʻzbekistondagi holati

43:08 OʻzMTRK samaradorligini oshirish masalasi

44:10 Oʻzbekiston televideniyesi kun tartibida urush yoʻq

45:21 “Har bitta davlatning mustaqilligi energetika bilan boshlanib, energetika bilan tugaydi”

50:42 2024-yilgi davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun qabul qilinishi

53:30 Budjetda umumiy raqamlar oʻzgarmadi

55:03 Deputat Doniyor Gʻaniyev nimaga qarshi boʻlgan?

59:08 Xarajatlarni ixchamlashtirish rejasi

1:01:43 Moliya vazirligi qarz bermaslikni anglab yetmoqda

1:04:00 Saylov qachon?

1:05:25 Gʻaniyev kelgusi saylovda deputatlik uchun nomzodini qoʻyadimi?

1:06:54 “Siz UzAuto haqida yozmang”

1:08:45 Aralash saylov tizimi haqida

1:10:50 Budjet tasdiqlangach, undan ortiqcha pul ham ishlatiladimi?

1:12:40 Bundan 105-yil avval jadidlar oʻrtaga tashlagan masala

1:14:10 Laziz Hamidov deputat boʻlmoqchi!

1:18:03 Lobbizm qilish

1:25:47 Navbat izohlarga

1:26:25 Bizga futbol muhimmi, tibbiyotmi?

1:30:00 OAV orqali dori vositalarini reklama qilish

1:31:40 Nahotki, Energetika vazirligi onlayn tarzda maʼlumot berib turadigan bitta bot yarata olmaydi?!

1:34:50 Otabek Bakirov bilan qayta aloqa (feedback) nega yoʻq?

1:37:39 Yaxshi xabarlar