Podkastimizning 75-sonida navbatdagi iPhone Air g‘olibi aniqlandi. Biz davlat aktivlarining xususiylashtirilishi, shaxmat olimpiadasi va u bizga yana bir bor eslatib ketgan ochiq osmon muammosi, vazirliklarning binolarini maktabga aylantirish, metro vagonlari hamda avtobuslar va boshqa dolzarb mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, biroz kech bo‘lsa-da, o‘tgan bayram munosabati bilan ustozlarimizni birma-bir esladik.
00:00 – Tizer
01:22 – iPhone Air sovrindorini aniqladik
07:10 – Hududlarda suv o‘chirilishi
11:03 – Tariflarning oshirilishi haqida
28:53 – Davlat aktivlarini xususiylashtirish
38:40 – Futbolchilar ham daromad solig‘i to‘lashi kerak
43:24 – Ustozlarimizni esladik
01:13:26 – O‘qituvchi boy bo‘lishi kerak
01:21:46 – Qaysi vazirlik binolarini maktab qilsa bo‘ladi?
01:28:56 – Shaxmat olimpiadasi qanday o‘tdi?
01:34:07 – Poyezd chiptalari
01:43:33 – Metro vagonlari va avtobuslar
01:48:36 – Xorijda o‘qish va xalqaro reytinglar
01:54:49 – Otabek Bakirovdan yaxshi xabar
02:07:46 – Namangandagi mudhish voqea va Dok-1 Maks jabrdiydalari
02:11:50 – Tugatamiz, xayr