Podkastimizning navbatdagi mehmoni – shaxmat yulduzi Nodirbek Abdusattorov. Biz shaxmat bo‘yicha ikki karra olimpiada chempioni bilan Samarqandda o‘tgan turnir, chempionlik olib kelgan ishlanmalar, Rustam Qosimjonov murabbiyligi, Javohir Sindarovning Jahon toji uchun tayyorgarligi va imkoniyatlari, o‘zbek shaxmatining hoziri va kelajagi hamda boshqa qiziqarli mavzularda suhbatlashdik. Shuningdek, Nodirbek Abdusattorov birinchi marta bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan uchrashuvi haqida gapirib berdi.