Lolazor Podcast

#8 San’atkorlar nega soliqqa tortilmaydi?

Episode Summary

Ushbu sonda Sergeli mashina bozori va Qoʻyliq bozori koʻchirilishi, sanʼatkorlarni soliqqa tortish, deklaratsiyalash tizimi, Toshkent jamoat transporti holati va bu kelgusida qanday boʻlishi haqida suhbatlashdik. Bu galgi mehmon — Transport vazirligi huzuridagi loyiha ofisi rahbari Murod Abidov.

Episode Notes

00:00 Tizer

00:53 Boshladik

01:05 Izohlarni oʻqish vaqti!

01:23 Sergeli mashina bozori va Qoʻylik bozorining koʻchirilishi

12:32 “Bozor bilan mozorni buzmaslik kerak”

15:50 2000-yillar boshida bozorlar yopilishi

16:55 Fond bozor haqida

18:00 “Iqtisodchilar boy boʻlmaydi”

19:13 Daromad boʻyicha deklaratsiya tizimi

23:06 Viloyat boshqarmalari kerakmi oʻzi?

26:33 Muhrimga dizlayk! Nega?

31:20 Finlyandiyada issiqlik bilan holat qanday?

33:30 “Biz uyda 1 oy davomida 1700 kilovatt ishlatdik”

38:14 Elektrni oyiga 10 ming, hatto 70 ming ishlatadiganlar ham bor

40:58 Sanʼatkorlar soliq toʻlamaydi

44:31 Madaniyat vaziri qilmoqchi boʻlgan sayt

48:34 Soliqchilar toʻyxonalarni “chetlab oʻtishadi”

51:01 Muhrim Aʼzamxoʻjayevdan murojaat

52:52 Bu galgi mehmon — Transport vazirligi huzuridagi loyiha ofisi direktori Murod Abidov

53:31 Qachon jamoat transport tizimi normal darajaga yetadi?

56:59 Brutto-shartnomalar oʻzi nima degani?

59:33 Toshkentda nima uchun jamoat transportidan bir marta foydalanish narxi 1700 soʻm?

1:04:21 Jamoat transportining narxi koʻtarilsa sifatga taʼsir qiladimi?

1:09:09 2030-yilgacha Toshkentga 1000 ta avtobus olib kelinadi

1:13:13 “Oldingi tramvay tizimi hozirgi zamonaviy talablarga javob bermaydi”

1:15:30 Tramvay tizimidan voz kechilgani xato boʻlgani boʻyicha tushuncha bormi?

1:19:10 Metro tushgandan soʻng ayrim avtobus yoʻnalishlarini oʻzgartirish qanchalik toʻgʻri boʻlgan?

1:21:17 Piyoda harakatlanish holati

1:23:47 Toshkent atrofidagi tumanlardan shaharga har kuni kiradigan aholi haqida

1:28:06 Qatʼiyat bilan 2 oyda avtobus yoʻllarini butunlay oʻzgartirib yuborish mumkinmi?

1:32:45 Jamoat transportidan foydalanish boʻyicha xarita haqida

1:37:32 Hududlardagi jamoat transporti holati

1:46:03 “Konduktor tizimi”dan voz kechiladimi?

1:48:16 Toshkentni yengil mashinalarga toʻlib borishi jamoat transportini qanchalik darajada yoʻlini toʻsadi?

1:54:31 Avtobuslarga ajratilgan alohida yoʻllar samaradorligi haqida

2:00:50 Navoiy koʻchasi yoʻllaridagi jamoat transporti holati

2:01:59 Jamoat transportida bekatlar nomi ovozli tarzda eʼlon qilinishi

2:10:33 “Yaxshi xabarlar” rukni

2:14:54 “Brilliant qoʻl” filmiga oid qiziqarli holat