Lolazor Podcast

#9 2024-yilda tadbirkorlarni nima kutyapti?

Episode Summary

Ushbu sonda biznesga yaratilayotgan imkoniyatlar, iqtisodiyot, Savdo-sanoat palatasi faoliyati, tadbirkorlar reyting tizimi, organ xodimlarini video va fotoga olib tarqatmaslikka oid qonun, “Paxtakor” futbol klubining sotilishi va boshqa mavzular xususida suhbatlashdik. Bu galgi mehmon – Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov.

Episode Notes

00:00 Tizer

00:53 Boshladik!

01:44 2024-yilda tadbirkorlarni nima kutyapti?

06:12 Tadbirkorlar reytingi haqida

07:50 Yangi bozorlar ochilishi

08:49 Tadbirkorlarning yashirin iqtisodiyotdan chiqishi

15:20 Milliy taom kafelari boshqaruvchilari teng raqobat boʻlishi yuzasidan taklif bilan chiqishdi

18:44 Oʻzbekistonda dastlabki kapital muammosi bor

20:20 Qaror qabul qiluvchilar va nazoratchilar toʻyxonalarning iqtisodiy holatini yaxshi biladi

23:16 SSP kichik biznesni himoya qiladimi?

26:19 Kichik doʻkonlar yirik savdo tarmoqlari bilan raqobat qilolmayapti

32:37 Savdo-sanoat palatasiga aʼzo boʻlish haqida

36:43 Kichik biznes manfaatini himoya qiluvchi institut tashkil qilish kerakmi?

40:34 Mayda muammolar bilan shugʻullanishga toqati bor institutlar kerak

43:40 Davron Vahobov rahbarlikka qanday kelib qolgan?

49:22 Pomidor arzonlashyapti. Bu nima bilan bogʻliq?

54:58 Chet el bizning iqtisodiy oʻsishlarimiz hisobiga pul beryapti

59:12 Xitoydan uskunalar importi masalasi

1:02:50 Xitoy sement zavodlarining atrofga taʼsiri

1:06:22 Tadbirkorlarga tinimsiz signal berib turish kerak

1:08:10 Reyting tizimi haqida

1:12:15 Franshiza olib kelish

1:23:08 Yuqori reyting tadbirkorga nima beradi?

1:26:55 “Insoniyat reytingdan zoʻr narsa oʻylab topmagan”

1:28:45 Metsenatlik haqida

1:30:41 Shaharga yuk mashinalarining kirishini cheklash

1:36:40 Bundan 10 yil avval Oʻzbekiston importi 8 mlrd yevro atrofida edi, hozir 33 mlrdga yetdi

1:38:59 “Lolazor” podkasti qachon yopilishi boʻyicha kuzatuvchilar izohlari

1:39:49 Nihoyat, ixtiyorimizga mikrofonlar yetib keldi

1:40:10 Otabek Bakirov & Artel kompaniyasi

1:42:42 Yangi dasturxon

1:43:35 Laziz Hamidov va Qobil Xidirov qayerda?

1:44:40 Senatda muhokama qilinayotgan organ xodimlarini video va fotoga olib tarqatmaslikka oid qonun haqida

1:48:18 “Ahmoqona modda” deyish haqoratmi?

1:49:30 Qonunga oid katta xavotir

1:52:04 Noaniq maʼlumot – qonunchilikda yangi termin

1:54:40 Fuqarolarini yaxshi koʻradigan davlat noaniq maʼlumot bergan fuqarosini 15 sutkaga qamamaydi, aniq maʼlumotni oʻzi beradi

1:57:00 Statistika haqida

2:00:38 Organ xodimlarining obroʻsi oshyaptimi, tushyaptimi?

2:01:43 Bizda hamma militsiyadan qochadi

2:05:21 Jadidlar illatlarni teatr orqali yetkazishgan

2:06:49 Muammolarimiz shu darajada koʻpki, ayrim muammolar TOP-10 talikka kirmaydi

2:09:55 Nega Hindiston yoki Xitoydan 11 nafar yaxshi futbolchi chiqmaydi?

2:11:15 Chim ustidagi va muz ustidagi xokkey haqida

2:13:20 “Paxtakor” futbol klubi va stadionining sotilishi haqida

2:16:20 Futbol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati muxlislari bormi?

2:17:09 “Navbahor”ning OCHLdagi oʻyiniga muxlislar tashrifi

2:20:02 “Andijon” futbol klubi xususiylashtirilganda nimalar oʻzgargandi?

2:20:46 “Paxtakor”ning xususiylashtirilishi

2:24:55 “Turon” haqida

2:26:22 “Yaxshi yangiliklar” rukni

2:27:03 Havoning ifloslanishi kun isiganda pasayadimi?

2:30:30 Senator boʻlish niyati

2:32:02 Senat oʻzini oʻzi tarqatib yuborishi mumkin

2:34:00 Bu yil Murojaatnoma boʻladimi?